Deputat Akmal Saidov taklifi bilan prezidentning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» kitobi uchun mobil ilova yaratishga 2,6 mlrd so‘m so‘raldi. Biroq loyiha Innovatsiyalar vazirligi hay’atida ko‘plab savollar tug‘dirdi va ikki marta moliyalashtirish rad etilib, g‘oya qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi hukumatda bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov rahbarlik qilayotgan tizimga o‘tkazildi. Bunga qadar vazirlik bosh vazir Abdulla Aripov to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlik qilgan kompleksda edi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkentda kuzatilgan chang-qumli bo‘rondang so‘ng «Beruniy» metro bekati va «Akadem shaharchasi» hududidan olingan chang namunalari xavfsiz bo‘lib chiqqanini ma’lum qildi. «Chang tarkibida og‘ir metallar, tuzlar, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas», — deyiladi xabarda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’ati qishloq xo‘jaligi, biologiya, tibbiyot, filologiya, IT va boshqa sohalarda 12 ta startap loyihasini ma’qulladi. Ular orasida 1,2 mlrd so‘mlik Google va «Yandeks» qidiruv tizimlari uchun o‘zbek morfologiyasi dasturiy analizatorini ishlab chiqish loyihasi ham bor.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining ma’lum qilishicha, koronavirus holatlari ulushining 82% ini “delta” shtammi tashkil etadi. Bu butun kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Fanlar Akademiyasi qoshidagi genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidorga asoslangan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish ustida ishlashmoqda. Shuningdek, qoramollarni koronavirusga qarshi vaksinalar bilan emlab, uning suti virusga qarshi kurashishga yordam berishi mumkinligi borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda avgust oyidan boshlab koronavirusga qarshi xitoy-o‘zbek vaksinasi ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum imzolanishiga kelishildi. Birinchi bosqichda oyiga 10 mln doza vaksina ishlab chiqarish va keyinchalik bu ko‘rsatkichni yiliga 200 mln dozagacha olib chiqish ko‘zda tutilmoqda.
Shaxloxon Turdikulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Olimjon To‘ychiyev innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Shahlo Turdiqulova innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zbekistonda koronavirusni aniqlovchi test tizimi ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Hozirda 100 ming dona test tizimini o‘z ichiga olgan navbatdagi partiya ishlab chiqarildi. Ushbu startap haftasiga 100 000 ta test-sistemasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting